Tashkilot haqida

"Trust Standart" mas'uliyati cheklangan jamiyat qo'shma korxonasi 2013-yilda tashkil etilgan bo'lib, dastlab Toshkent shahrining Mirzo Ulug'bek tumanidagi Ahmad Yugnakiy, Xumoyun va Al-Farobiy mahalla fuqarolar yig'inlariga chiqindilarni yig'ish va olib chiqish xizmatlarini ko'rsatib kelgan.
Korxona faoliyati davomida yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar sababli 2019-yil 30-noyabrda tashkilot boshqaruvi Ruziyeva Dildora Yunusovna rahbarligiga o'tkazildi. Yangi rahbar korxonani qabul qilib olgan paytda korxona atigi 2 ta maxsus chiqindi tashuvchi texnika va 6 nafar xodim bilan faoliyat yuritayotgan edi.
Ruziyeva Dildora Yunusovna rahbarligida korxona faoliyati tubdan qayta tashkil etildi. Xodimlar sonini ko'paytirish, ularning mehnat sharoitlari va moddiy ta'minotini yaxshilash maqsadida Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 14 ta mahallaga xizmat ko'rsatish huquqi auksion savdolari orqali qo'lga kiritildi. Biroq korxonaning yangi hududlarda faoliyat boshlashi jarayonida turli tashkiliy va amaliy to'siqlar hamda qarshiliklarga duch kelishiga qaramay, rahbariyatning qat'iyati va fidokorona mehnati natijasida barcha muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etildi.
Aholiga sifatli va uzluksiz xizmat ko'rsatishni ta'minlash maqsadida korxona moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e'tibor qaratildi. Natijada dastlabki 2 ta maxsus texnika soni bugungi kunga kelib 30 tadan oshdi. Shuningdek, korxona tomonidan maxsus chiqindi yig'ish shahobchalari ta'mirlanib, ularga zamonaviy chiqindi konteynerlari o'rnatildi. Hozirgi kunga qadar jami 1030 ta yangi chiqindi konteyneri joylashtirildi.
Korxona aholi va yuridik shaxslarga sifatli xizmat ko'rsatish tizimini yo'lga qo'ygach, faoliyat ko'lamini yanada kengaytirdi. Jumladan, Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan 37 ta xorijiy davlat elchixonalari bilan shartnomalar tuzilib, ularga chiqindilarni boshqarish xizmatlari ko'rsatib kelinmoqda. Bundan tashqari, korxona respublikadagi yirik savdo tarmoqlaridan biri bo'lgan "Korzinka" supermarketlarining 102 ta filialiga ham xizmat ko'rsatmoqda. Shu bilan birga "Makro" supermarketlariga, "Yunusabad Gallery" hamda Xonsaroy uylariga xizmat ko'rsatilmoqda.
Bugungi kunda "Trust Standart" MChJ QK Toshkent shahrining Mirzo Ulug'bek tumaniga to'liq xizmat ko'rsatib, chiqindilarni boshqarish sohasida yetakchi korxonalardan biriga aylangan. Korxonada 134 nafar xodim faoliyat yuritib, aholi va tashkilotlarga sifatli xizmat ko'rsatib kelmoqda.
Korxona rivojiga katta hissa qo'shgan Ruziyeva Dildora Yunusovna hozirgi kunda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig'ining buyrug'i asosida Toshkent viloyati "Toza hudud" davlat muassasasi direktori lavozimida samarali faoliyat yuritmoqda.

